Semenyo Angliya futboli tarixidagi noyob natijani takrorladi

  • 17.05.2026 13:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" hujumchisi Antuan Semenyo Angliya kubogi finalida “Chelsi” darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifiga aylandi va jamoasiga gʻalaba keltirdi.

Ganalik futbolchi uchrashuvning 71-daqiqasida gol urdi. Bu uning “shaharliklar” safidagi oʻninchi goli boʻldi.

Qiziqi shundaki, mavsumning birinchi qismida Semenyo “Bornmut” tarkibida ham 10 ta gol urgan edi.

Opta maʼlumotiga koʻra, Semenyo APL tarixida bir mavsum davomida ikki xil klub safida 10 tadan ortiq gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bu natijani avval faqat Endi Koul qayd etgan. U 1994/95 yildgi mavsumning birinchi qismida “Nyukasl” uchun 15 ta gol urgan, keyin esa “Manchester Yunayted”ga oʻtib, yana 12 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!