Semeno London klubi taklifini rad qildi

  • 22.12.2025 14:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" vingeri Antuan Semeno qishki transferlar oynasida top klublardan biriga o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lib turibdi. Unga Angliya grandlari jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

David Ornshteyn xabar berishicha, futbolchi "Tottenxem"dan kelgan taklifni rad qildi. Londonliklar unga katta maosh taklif qilgandi. Semeno "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted"ni tanlashi kutilmoqda. 

Fabritsio Romano Antuanning tez orada kelajagi borasida bir qarorga kelishini ta’kidladi. Eslatib o‘tish lozim, uning 65 million funt sterlinglik tovon puli 10 yanvargacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!