Semenyo “Manchester Siti” futbolchilariga baho berdi

  • 07.02.2026 12:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning qanot hujumchisi Antuan Semenyo “Bornmut”dan “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tganidan bir oy o‘tib, klubdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Semenyo jamoada do‘stona muhit hukm surishini ta’kidlab, bu o‘yinchilarning o‘zini erkin his qilishiga yordam berishini aytdi.

- Jamoadagilarning hammasi do‘stona munosabatda. Bu yerda ajoyib muhit hukm suradi. Biz o‘zimizni kutilgan mehmondek his qilamiz, erkinmiz. Bu – haqiqiy chempionlar muhiti.

Dunyoning eng buyuk futbolchilari bilan birga o‘ynab, eng yaxshi murabbiylardan biri qo‘l ostida ishlash orqali o‘z o‘yinimni yangi bosqichga olib chiqaman, - dedi Semenyo klubning rasmiy sayti vakillari bilan suhbatda.

Manchestergа kelganidan keyin Antuan Semenyo hozirgacha 6 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!