Sen bo‘lmasang boshqasi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoning transferi alternativini topib qo‘ydi.

Sanchoning Angliyaga transferi "qizil iblislar" uchun 100 million evroga tushishi mumkin. Shu sabab makunianliklar "Yuventus" forvardi Federiko Bernardeski nomzodini ham kuzatib borishmoqda.

Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, MYu va "Yuventus" mutasaddilari bo‘lajak transfer shartlarini muhokama qilib ulgurishgan. Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining transferi 30 million evroga amalga oshishi mumkin.

Joriy mavsumda Bernardeski barcha turnirlarda 24 o‘yinda bitta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!