
Sensatsion natijalar! "Al-Hilol" ham "An-Nasr" kabi yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 15-daqiqada Romarino hisobni ochdi. 43-daqiqada Hamidulloh farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 67-daqiqada Taliska hisobni qisqartirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Shankiti gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Eng qizig‘i, "Al-Hilol" ham o‘z finalga chiqa olmadi. Ular "Al-Feyha"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida "Al-Ittihod" hamda "Al-Feyha" klublari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Fikrlar