Sensatsiya: Saudiyaliklar Anchelottini olib ketadi

  • 5 aprel, 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti bor e’tiborini joriy mavsumda “Real” bilan Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qaratgan.

Biroq italiyalik mutaxassisning klubdagi kelajagi hamon movhum bo‘lib turibdi. Matbuotda “Qirollik klubi” 65 yoshli mutaxassis o‘rniga Xabi Alonso, Zinedin Zidan, Yurgen Klopp kabi mashhur murabbiylarni olib kelishi mumkinligini haqidagi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.

Buning ortidan Saudiya Arabistoni klublarida Karlo Anchelottini olib ketish istagi kuchayib bormoqda.

Shayxlar o‘zlarining Professional ligalari darajasini ko‘tarish va saviyasini oshirish yo‘lida Evropa futbolida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan Karlo Anchelotti bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallayapti.

Ular tajribali mutaxassisga uzoq muddatli va serdaromad shartnoma berishga tayyor. Bu borada ko‘p narsa “Real” mavsumni qanday yakunlashi va Karlo Anchelotti qanday qarorga kelishiga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!