Sergey Arslonov: "Qandaydir qo‘rquv bor edi..."

  • 11 mart, 2023, 22:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Surxon” – “Andijon” (1:0) bellashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Sergey Sergeevich, o‘yin haqida nima degan bo‘lardingiz?

- Birinchi o‘yinimizga qaraganda yaxshiroq kechdi. Qandaydir qo‘rquv bor edi. Bu keyinchalik yo‘qoldi va ijobiy natijaga erishdik.

- Kecha “Neftchi” bosh murabbiyi raqib xatolarini aytgandi. “Andijon” birinchi turda “Nasaf”ni yutib keldi. Raqib o‘yinining bo‘sh zonalari va yutuqqa etaklaydigan chiziqlarini ko‘rdingizmi?

- Juda qiziqarli savol. Hozirgi zamonaviy futbolda o‘z o‘yiningni va raqib o‘yinlarini tahlil qilib o‘rganmaslikni iloji yo‘q. Asosiysi, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratdik. Biz himoyani yopishga harakat qildik. Bunda murabbiylar shtabidagilarni katta mehnati yotibdi. Muhimi, o‘z o‘yinimizni yaxshilash uchun katta e’tibor qaratyapmiz.

- Keyingi o‘yinlarga rejalar qanday? Birinchi turdan so‘ng ko‘pchilik “Surxon”ni autsayder sifatida ko‘rsatishgandi?

- Ha, jamoamizni mensishmayapti. Bir tomondan bu bizga foydali. Keyingi o‘yinlarga qandaydir syurprizlar tayyorlab qo‘yganmiz. Ruhiy holatimizni tiklash muhim edi. Biz bugun bunga erishdik. Bundan keyin ham yanada yaxshiroq, yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

- “Surxon” o‘yinni ko‘proq nazorat qildi. Ammo hujumda hadeganda vaziyatlar o‘xshamadi. Ko‘p klublarda hujumchilar muammosi bo‘lyapti. “Surxon”da ham shu narsa ko‘zga tashlandi.

- Yo‘q, bizda bu borada muammo bor demagan bo‘lardim. Ha, tajribali o‘yinchilarimiz yo‘q. Asosan yoshlardan iborat. To‘g‘ri, o‘tgan o‘yinda vaziyatlarda oqsadik. Lekin bugungi uchrashuvda imkoniyatlarni yaratdik. Birinchi golni ham urdik, hisobga olinmadi. Bugun yigitlar juda katta harakter ko‘rsatib, hissalarini qo‘shishdi. Raqibga ham rahmat aytaman. Ular kamchilikda bo‘lgan bo‘lsa ham g‘alaba uchun oxirigacha harakat qilishdi va intilishdi. Bunday o‘yinlar orqali o‘yinchilar o‘sib boradi.

- Qishda “Bunyodkor”da edingiz, keyin u erdan ketdingiz, nima bo‘ldi?

- Juda og‘ir vaziyat bo‘ldi, muhokama qilish qiyin. Hamma tushunib turibdi, nima holat bo‘lganligini. Bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi. Afsuski, bizda eshiklar yopilgan bo‘lsa, darhol boshqa taklif bo‘ldi. “Surxon” jamoasini bajonidil qabul qildim, bor mahoratimni ishga solib, jamoani yuksalishiga hissamni qo‘shmoqchiman.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!