Sergey Lushchan: "O‘ylaymanki, chetlatish bo‘lmaganida qiyin bo‘lardi"

  • 09.11.2024 21:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol

“Navbahor” – “Paxtakor” (5:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Sergey Lushchak ishtirok etdi.

“Paxtakor” juda yaxshi jamoa ekanligi ma’lum edi. Birinchi bo‘lim juda og‘ir o‘tdi. Boshlanishi yaxshi boshlandi, tezkor gol kiritdik. Reja bo‘yicha qayta hujumlar tashkilashtirishga biroz ulgurmay qoldik. Emotsional reja bo‘yicha biz uchun ham, futbolchilar uchun ham, o‘yin og‘ir o‘tdi. Hamma ma’suliyatni his qilib turgandi.

5:2 hisobi yaxshi bo‘ldi, lekin, o‘ylaymanki, chetlatish bo‘lmaganda qiyin bo‘lardi. Chiroyli g‘alaba bo‘ldi. O‘zimizning o‘yinlarimizni, xatolarimizni tahlil qilib chiqamiz. Bir xil vaziyatda 2 ta gol o‘tkazib yuborish - bu yaxshi emas. Oson gol o‘tkazib yubordik, hech nima qila olmayapmiz. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Chunki gol urishimiz bilan orqaga chekinmoqdamiz, gol o‘tkazib yuborgandan keyin futbol o‘ynashni boshlayapmiz. Shunaqa vaziyatlar bizni tashvishga solmoqda. Yigitlarga so‘zsiz rahmat aytaman, “Paxtakor” darvozasiga 5 ta gol kiritishdi. Juda ham yaxshi natija", - deydi Sergey Ivanovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
10/11/2024 07:38
Hatolarimizni tahlil qilib chiqamiz deydi bular .har safar .chempionat tugayotganini bilishadiki.boshida aytsa ham mayli.hozirgacha tahlil qilinmagan hatollar ,endi tuzalmaydi. Ikki tur qoldi holosku
Imomali
09/11/2024 21:48
3 урин сизларни к пахтакор га 5урин
Шухрат Хусаинов
09/11/2024 21:36
Хамма наманган уйичилари пахтакорни дор тагидан кочган чичкокларку
Шухрат Хусаинов
09/11/2024 21:36
Хамма наманган уйичилари пахтакорни дор тагидан кочган чичкокларку
Шухрат Хусаинов
09/11/2024 21:36
Хамма наманган уйичилари пахтакорни дор тагидан кочган чичкокларку