Serj Ore qo‘lidan jarohat oldi

  • 10 iyul, 2019, 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kot-d'Ivuar terma jamoasi himoyachisi Serj Ore bilagidan jarohat oldi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi terma jamoasining Afrika Millatlar kubogi 1/8 final doirasida Mali (1:0) ustidan qozongan g‘alabasini nishonlash paytida xursandchilikdan qo‘lini stolga urgan va buning natijasida jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, Ore tovonidagi jarohat sabab Maliga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Endi esa u chorak finaldan o‘rin olgan Jazoirga qarshi uchrashuvda ham ishtirok etolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!