
Serxi Roberto "Barselona"dan ketmoqchi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Serxi Roberto joriy yozgi transferlar davrida kataloniyaliklar safidan ketishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Sport nternet nashri xabar bermoqda.
25 yoshli futbolchi jamoani Ernesto Valverde qabul qilib olganiga qaramay asosiy tarkibda maydonga tushmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Bundan tashqari Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubidan Paulinoning ham jamoaga kelib qo‘shilishi uning kayfiyatini yanada tushirib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi a’zosini “Manchester Yunayted”, “Chelsi” hamda “Yuventus” kabi jamoalar o‘z saflariga qo‘shib olishga harakat qilishmoqda. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Roberto o‘tgan mavsum La Ligada jami 32ta uchrashuvda maydonga tushgan va jamoasining 6ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar