
Serxio Ramos o‘ninchi bo‘ldi
"Real" sardori Serxio Ramos La Liga doirasida "Ueska"ga (2:0) qarshi kechayotgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Ushbu bellashuv 34 yoshli futbolchining La Ligadagi yubiley 500-o‘yini bo‘ldi. Ramos bu ko‘rsatkichni qayd etgan o‘ninchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Bungacha, himoyachilardan Manolo Sanches (523 ta bahs) va Mikel Soler (504) besh yuzlik dovonni zabt etgandi.
Ispaniya chempionatida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan Andoni Subisaretta hisobida 622 ta bellashuv bor.
Fikrlar