
Serxio Ramos vaqtinchalik boshpana topdi
PSJ bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin ishsiz qolib ketgan Serxio Ramos nihoyat o‘ziga yangi ish joyi topdi.
Ispaniyalik mashhur himoyachining professional futboldagi ilk jamoasi – “Sevilya” unga qisqa muddatli shartnoma berishga rozi bo‘ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, tomonlar hamkorlik bo‘yicha barsa malalarni kelishib bo‘lgan.
Ramos 2002-2005 yillar davomida “Sevilya” sharafini himoya qilgan. Keyin “Real”ga ko‘chib o‘tib, yulduzli davrini madridliklar safida o‘tkazdi. Endi u yana andalusiyaliklar libosida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Fikrlar