"Sevilya" sudda FIFAga yutqazdi

  • 16 aprel, 2020, 14:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport arbitraj sudi FIFAning "Sevilya" "Nansi" klubidan 3,7 million evro qarzdorligi bo‘yicha yuborgan talabnomasini qanoatlantirdi.

Tecno

Avvalroq, "Sevilya" frantsuz klubiga Kleman Langlening "Barselona"ga transferidan tushgan foizni to‘lamoqchi emasligini ma’lum qilgan edi. Biroq sud ispan klubining "Nansi" oldidagi moliyaviy majburiyatlari bor degan qarorga keldi.

Ma’lumot uchun, Langle "Sevilya" safiga "Nansi"dan 2017 yil yanvar oyida 5 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi "Barselona" libosida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gollik uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!