"Shabab Al-Ahli" o‘yinida 7ta gol urildi. Masharipovdan 2 assist!

  • 26 fevral, 2021, 23:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionining 18-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Alhi" – "Xaur Fakkan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda dubayliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Hamyurtimiz Masharipov uchrashuvni zaxirada boshladi. Jaloliddin 81-daqiada Kartabiya o‘rniga maydonga tushdi. Legionerimiz qolgan daqiqalarda ikkita assistni amalga oshirib, jamoasining g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Shu tariqa, ushbu g‘alabadan keyin "Shabab Al-Ahli" ochkolar sonini 32ta etkazib oldi va turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!