Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida raqibini 18 soniyada ringga qulatdi

  • 5 aprel, 2019, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov bugun o‘zining professional boksdagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Hamyurtimizga prof boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Xolt (5(3KO)-4(2KO)-1) raqiblik qildi. 

Tecno

E’tiborlisi, Zoirov raqibini mag‘lub etishi uchun bor yo‘g‘i 18 soniya etarli bo‘ldi. Bokschimiz indoneziyalik Entoni Xoltni texnik nokautga uchratib, jang g‘olibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Zoirovning bugungi raqibi 25 yoshli Xolton o‘rta engil vazn toifasida professional boksdagi o‘zining ilk jangini 2014 yilning 11 noyabrida o‘tkazgan va shundayn so‘ng yana 9 bor ringga ko‘tarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!