
Shahram G‘iyosov hamda Isroil Madrimov ishtirok etadigan jang kechasiga oid promo rolikni tomosha qiling
15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongda) AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida Isroil Madrimov hamda Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Madrimov mezbonlar vakili Erik Uokerga qarshi jang qilsa, Shahram G‘iyosov meksikalik Fransisko Roxoga qarshi ringga ko‘tariladi. Hamyurtlarimiz ishtirokida janglar Sport TV kanali orqali bevosita jonli ravishda efirga uzatilishidan ham xabaringiz bor.
Tabiiyki, ushbu boks kechasiga oid promorolik ham taqdim etilgan. Quyida, buni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar