
Shahram G‘iyosov WBA jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi!
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA yarim o‘rta vazn toifasida chempion Eimantas Stanionis va hamyurtimiz Shahram G‘iyosov jangiga buyruq berdi.
Muzokaralar uchun 30 kun muddat belgilangan bo‘lib, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda promouterlik savdosi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov so‘nggi jangini meksikalik Migel Parra qarshi o‘tkazgan edi va 10 raund davom etgan jangda hamyurtimiz hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Fikrlar