Shahram G‘iyosovning sakkizinchi raqibi ma’lum

  • 29 mart, 2019, 09:45
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tzishi haqida xabar bergan edik. Ayni paytga kelib, uning ushbu jangdagi raqibi aniq bo‘ldi, deya xabar bermoqda MOQ. 

Tecno

Bokschimizning ma’lum qilishicha, uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi. Mazkur jangda ham yurtdoshimizga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Eshonqulov
29/03/2019 17:22
Shoxjahon Ergashevning kamariga endi Shaxram G'iyosov wgalik qilar ekanda
Dawson Jack
29/03/2019 09:55
Shahram gazini bosssssss