Shahzod Ubaydullaev "Shaxtyor" safida debyut qildi

  • 24 yanvar, 2021, 20:10
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Shaxtyor" jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasida o‘zining ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Bu safar soligorskliklarga "Zenit" klubi raqiblik qildi.

Yopiq pardalar ostida o‘tgan uchrashuvda sankt-peterburgliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Daler Kuzyaev va Sardor Azmun mualliflik qildi.

E’tiborli jihati esa, yaqinda "Shaxtyor"ga ko‘chib o‘tgan Shahzod Ubaydullaev bugun yangi jamoasi safida debyut qildi. Hamyurtimiz ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushdi, ammo jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi.

Nazorat o‘yini

"Shaxtyor" (Belarus) — "Zenit" (Rossiya) 0:2

Gollar: Daler Kuzyaev (7), Sardor Azmun (33).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!