
Shahzoda Beyl uchun "Real"ga qancha pul taklif qilmoqchi?
Tez orada Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi qo‘liga o‘tishi aytilayotgan “Nyukasl” mavsumlar oralig‘ida bir qator shov-shuvli transferlarni amalga oshiradi.
Daily Mail nashrining yozishicha, “qarg‘alar” “Real” Madrid vingeri Garet Beylga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shahzoda 30 yoshli uelslik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga naqd 60 mln evro taklif qilmoqchi.
Shu o‘rinda Beyl “Real”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi ekanini ham aytib o‘tish lozim. Uning yillik maoshi 17 mln evroni tashkil etadi.
Garet joriy mavsum “Real” safida La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar