
"Shara Bullet" nega raqib sifatida Marvin Vettorini tanlaganini ma’lum qildi
UFC ning rossiyalik o‘rta vazn toifasidagi jangchisi "Shara Bullet" nomi bilan tanilgan Sharobutdin Magomedov (12-0) nega Marvin Vettori (19-7-1) bilan jang qilishni istayotganini aytdi.
“Kim bilan jang qilgan bo‘lardingiz? Bilmayman... Vettori bilan. Men allaqachon Mayk Meynarddan bu haqda so‘radim va hammaga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan jang qilmoqchi ekanligimni aytdim.Unga men bilan urishish foyda keltirmaydimi? Aksincha,mendan mag‘lub bo‘lsa, u uchun falokat bo‘lmaydi, u shunday janglarni boshidan kechirgan. Menga turtki bo‘lgan narsa shundaki, u Evropadagi eng yaxshi UFC o‘rta vazn toifasidagi jangchi sanaladi. Men rossiyalik eng yaxshi o‘rta vazn toifasidagiman, endi men Evropada birinchi bo‘lishni xohlayman”, - dedi Magomedov.
Ma’lumot uchun, Sharobuddin Magomedov UFCda bitta jang o‘tkazdi va unda braziliyalik Bouno Silvani ochkolarga ko‘ra, mag‘lub etgandi.
Fikrlar