Sharmandalikka chidolmagan Messi Ramosni onasidan so‘kdi
Avval xabar berganimizdek kecha bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogi javob bahsining 64-daqiqasida "Real" himoyachisi va "Barselona" hujumchisi o‘rtasida sportga hos bo‘lmagan yoqimsiz holat yuz berdi.
Gap shundaki, uchrashuvdagi vaziyatlarning birida Ramos "Barselona" etakchisi Lionel Messining ustidan ochiqchasiga kuldi. To‘pni qo‘liga ushlab olgan Ramos uni olish uchun kelayotgan Messiga tutqazish o‘rniga, uni atayin uloqtirib yubordi. Bu esa tabiiyki argentinalik futbolchiga yoqmadi va Ramosni kurakda turmas so‘zlar bilan haqorat qildi. Aniqrog‘i, u ispan tilida "Real" futbolchisining onasidan so‘kdi.



Fikrlar