
Sharof Muhitdinov: Gol ursam, faqat chiroyli gol uraman!
Coca-Cola Superliganing 24-turida “Nasaf” Qarshida “Paxtakor” darvozasiga javobsiz uchta gol urdi va ikkinchi o‘rin uchun kurashdagi imkoniyatini davom ettirmoqda.
Ushbu bahsda Sharof Muhitdinovning ajoyib goli orqali hisob ochildi va bu mezbonlarning ruhiyatini yanada ko‘tarib yubordi. Bahs yakuniga etganidan keyin Muhitdinov sports.uz uchun o‘z taassurotlarini quyidagicha bildirdi:
- Biz uchun bu o‘yin muhim edi. Bilasiz, o‘tgan uchrashuvda Jizzaxda kutilmagan mag‘lubiyatga uchragandik, shu boisdan ushbu bellashuv jamoamiz uchun nihoyatda ahamiyatli edi.
Balki “Paxtakor”da chempion bo‘lganidan keyin biroz bo‘shashish bo‘lgandir. Lekin tarkibida uch nafar asosiy futbolchi maydonga tushmadi. Ammo biz faqat g‘alaba uchun o‘ynadik.
Kiritgan golim? Men gol ursamYu faqat chiroyli gol uraman (kuladi).
2-o‘rin uchun kurash? Barchasi keyingi turda hal bo‘ladi, deb o‘ylayman. Biz ertadan “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bizning asosiy maqsadimiz kumush medallarga ega chiqib, Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdir, - dedi Muhitdinov.
Fikrlar