
Sharofiddin Boltaboev final bosqichiga yo‘l oldi, yana 2 ta bronza uchun imkoniyatimiz ham bor
Hozirgina, Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport sarofida "Katta dubulg‘a" turnirining ikkinchi kun saralash bahslari yakuniga etkazildi. Ushbu musobaqaning bugungi kun dasturi doirasida 3 ta dzyudochimiz medallar uchun da’vogarlik qilmoqda.
Sharofiddin Boltaboev yarim finalda belgiyalik Mattias Kasseni engib, finalga yo‘l oldi. Yakuniy bahsda uni italiyalik Kristian Parlati kutib turibdi.
Erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Obidxon No‘’monov bronza medali uchun ozarbayjonlik Rustam Orujov bilan bellashadi.
Qizlarimizdan Gulnoza Matniyozova -70 kg vaznda sloveniyalik Anka Pogachnikka qarshi bronza medal uchun tatamiga chiqadi.
Final bahslari 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar