"Shavish" - "Nasonal" 4:1 (video)
Bugun Portugaliya Primeyra ligasida 31-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Nasonal" bu tur safarda "Shavish" mehmoni bo‘ldi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 27 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 18 klub orasida 17-pog‘onani egallab turibdi.
Oldinda esa yana 3 bahs bor va jamoa elitada qolishi uchun kamida 4 ochko olishi kerak bo‘ladi. Oldindagi 3 bahsda esa "Nasonal"ga "Gimaraynsh", "Portu" va "Belenensesh" klublari raqiblik qiladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar