Shaxmat bo‘yicha Qarshi ochiq Xalqaro turnirida 4 ta tur ortda qoldi (foto)

CHERY AUTO

"A" guruhida 4 ta turdan so‘ng, rossiyalik Xalqaro grossmeyster Vasiliy Papin 3,5 ochko bilan oldinda bormoqda.

Tecno

Hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov hisobida 3 ta ochko bor. Murtas Kojgaleev (Qozog‘iston), Vitaliy Teterev (Belarus), Jo‘rabek Hamroqulov (O‘zbekiston), Rustam Husnutdinov (Qozog‘iston), vakillarimiz Nodirbek Yoqubboev, Tohir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Nikita Xoroshevlar ham shuncha ochko jamg‘arishgan.

G‘oliblik sari intilayotgan 4 ta stoldagi o‘yin onlayn tarzda yoritilayotganini e’tirof etish o‘rinlidir.

Reyting darajasi 1900 dan kam bo‘lganlar ishtirok etayotgan "B" guruhida ham o‘yin qizg‘in tus olgan. 300 nafar shaxmatchidan 10 nafari 4 ta imkoniyatdan 4 ta ochko olganini ta’kidlash joiz. Hamyurtlarimiz Gulxayo Narziqulova, Xolida Nomozova, Jasur Mamayusupov, Doniyor Safarov, Islombek Sindorov, Rustam Saydaliev, Ali Qosimov, Mirjahon Raximov, Dilmurod Jabborberganov, Tolib Ostonovlar shular jumlasidandir.

Musobaqa davom etmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!