Shaxmat: Karlsen va Goryachkina rapid bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

  • 28.12.2025 22:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat

Magnus Karlsen 2025 yilgi rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi Vladislav Artemyevdаn uchralgan mag‘lubiyat Magnus Karlsеnni izdan chiqarmadi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng norvegiyalik grossmeyster ketma-ket beshta partiyada g‘alaba qozondi, keyin esa Anish Giri bilan durang o‘ynab, musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi. Bu chempionlik unvoni Magnus Karlsen uchun oltinchisi bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida rapid bo‘yicha jahon chempionligi Aleksandra Goryachkinaga nasib etdi. Asosiy masofa yakunida u Hampi Koneru va Chzhu Tszjinyer bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan edi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, birinchi o‘rin uchun Goryachkina va Chzhu o‘rtasida tay-breyk o‘tkazildi. Aleksandra birinchi partiyada g‘alaba qozonib, ikkinchi partiyani durang bilan yakunladi va jahon chempioniga aylandi.

29–30 dekabr kunlari blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!