Shaxmat olimpiadasi. Nodirbek Abdusattorov 10-turda mezbonlarning engilmas shaxmatchisini mag‘lubiyatga uchratdi!

  • 8 avgust, 2022, 20:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Hindistonning Chennai shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Bugun ushbu musobaqaning 10-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ushbu turda Hindiston-2 ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobidagi durang natija qayd etdi. Nodirbek Yoqubboev, Jahongir Vohidov o‘z partiyalarini durang natija bilan yakunladi. Javohir Sindorov mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov kuchli raqib ustidan g‘alaba qozondi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Nodirbek Abdusattorov kambek evaziga yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uning raqibi Gukesh mazkur musobaqa doirasida bunga qadar 8 ta o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagan va bitta durang qayd etgandi.

Mazkur natijadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 17 ochko bilan umumiy reytingda peshqadamlar qatorida bormoqda. 9 avgust kuni so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning bu turdagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!