Shaxmat olimpiadasi. Yigitlarimiz mezbonlar bilan durang o‘ynashdi, qizlarimizda yana ishonchli g‘alaba

  • 3 avgust, 2022, 20:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz munosib ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi birinchi bo‘lib o‘z o‘yinini yakunladi.

Bu safar birinchi raqamli shaxmatchimiz Nilufar Yoqubboeva dam oldi, uning o‘rniga Afruza Hamdamova dona surdi hamda g‘alaba qozondi. Qolgan sportchilarimiz — Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova va Marjona Malikova ham o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunlashdi.

Yakuniy hisob: O‘zbekiston — Shotlandiya — 4:0.

6-turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi kuchli raqib Hindiston erkaklar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda vakillarimiz hindistonlik raqiblari bilan durang qayd etishdi.

Jahongir Vohidov g‘alaba, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboev durang qayd etdi, afsuski Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatga uchradi.

Yakuniy hisob: O‘zbekiston — Hindiston — 2:2.

Shu tariqa, 6-turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 4 g‘alaba va ikki durang bilan kuchli beshlikda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Kamoliddin Bozarov
03/08/2022 20:39
Juda zo'r uynashyapti. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishini tilayman.
Anvar Abduazizov
04/08/2022 00:19
Ilohim hech bo'lmaganda 3 o‘rini bo‘lsa ham olsinda. OMIN