
Shaxmat. Toshkentda mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan "Prezident kubogi" boshlandi
Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 2-bor tashkil etilayotgan “Prezident kubogi” xalqaro turniri start oldi.
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini yakindagina shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan grossmeysterlarimiz – Nodirbek Yakubboev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov ximoya kiladi.
Aytish kerakki, «Preziden kubogi» II-xalkaro turnirida dunyoning 16 mamlakatidan xalkaro grossmeysterlar, xalkaro ustalar shuningdek sport ustaligiga nomzodlar asosiy guruhda dona surishi turnirni murosasiz va kizikarli o‘tishidan dalolat beradi.
Xalkaro turnir nizomiga ko‘ra itirokchilar 8-9-10 sentyabr kunlari 2 tadan uchrashuvlarni o‘tkazishadi. 13 sentyabr kuni esa so‘nggi tur bo‘lib o‘tadi.
Turnir Shveytsarcha tizimi bo‘yicha ikki bosqichda – guruh bosqichi yarim final (onlayn tarzda ) va final (9 tur, oflayn), shuningdek, asosiy bosqich (10 tur) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Guruh bosqichining yarim finali 27 avgust kuni chess.com platformasida 2000 nafar ishtirokchi o‘rtasida onlayn tarzda tashkil etildi. Shuningdek guruh bosqichining finali 2-sentyabr kuni Xalqaro Shaxmat Akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Guruh bosqichi finalida dastlabki o‘nta o‘rinni egallagan ishtirokchilar, asosiy bosqichda qatnashish huquqiga ega bulishdi.
Musobakaning umumiy mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Fikrlar