Shaxmatchilarimiz bugun jiddiy raqibga qarshi dona suradi. Katta ehtimol bilan shu to‘qnashuv chempion nomiga oydinlik kiritadi
Hindistonning Chennay shahrida 44-shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
Bugun yigitlarimiz mezbonlarning ikkinchi jamoasiga qarshi dona suradi. Ayni paytda vakillarimiz 16 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, raqib 15 ball bilan ikkinchi pog‘onani band etgan.
Qizlarimiz esa paragvaylik shaxmatchilan bilan kuch sinashadi. Ayni paytda har ikki mamlakat hisobida 10 tadan ochko mavjud. Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring!

Fikrlar