Shaxram G‘iyosov chorak finalda janubiy koreyalik bokschi bilan jang olib boradi

  • 02.05.2017 16:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbek boks ixlosmandlari yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Shaxram G‘iyosov Boks bo‘yicha Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

69 kg vazn toifasida qit’amizda tengsiz hisoblangan hamyurtimiz Iordaniya vakili Ziyod Eashashni mag‘lub etdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zosi keyingi bosqichda janubiy koreyalik Sen Hyon Liga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu charm qo‘lqop ustasi chorak finalga qadar Shri Lankadan tashrif buyurgan Sisira Ruvangalani taslim etgan edi.

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!