"Shaxtyor" etakchilaridan biri "Roma"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
Donetskning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Bernard UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida “Roma”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra braziliyalik futbolchi Ukraina chempionatining "Chernomorets" (4:0) klubiga qarshi bahsida jarohat olgan.
“U doim elkasidan jarohat oladi. Ko‘ramiz bu safargi jarohat jiddiymi yoki yo‘q. So‘ngra uning “Roma”ga qarshi bahsda maydonga tushish yoki tushmasligi ham ma’lum bo‘ladi”, - deydi “Shaxtyor” ustozi Paulo Fonseka.
Eslatib o‘tamiz, “Shaxtyor” hamda “Roma” jamoalari o‘rtasidagi bahs 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar