
Shekspir: Safardagi gol "Lester"ga keyingi bosqichga chiqish uchun ajoyib imkoniyat beradi
Angliyaning amaldagi chempioni hisoblangan "Lester" klubi bosh murabbiyi Kreyg Shekspir "Sevilya"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi uchrashuv yakunlangach kiritgan golimiz javob o‘yinida biz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etishini bilgan edik. O‘shanda biz o‘zimiz uchun qulay imkoniyatni yaratib oldik.
Ertangi bahsda stadionda ajoyib muhit hukmron bo‘lishiga ishonaman. Umid qilamanki jamoam bor kuchini ishga solgan holda o‘ynaydi.
Chempionlar ligasida g‘olib chiqish? Nega endi bunday bo‘lmasligi kerak. Biz ushbu musobaqada ishtirok etyapmiz, shunday ekan har bir o‘yinda natija qayd etishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki oson o‘yinlar bo‘lmaydi va shu sababli doim faqat g‘alaba uchun o‘ynash kerak", - deydi Shekspir UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 2:1 hsobida andalusiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini ertaga 14 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar