
Shensni: "Yamalning xato qilishga haqqi bor – u endi 17 yoshda"
"Barselona" darvozaboni Voytsex Щensny Lamin Yamalni Neymar bilan taqqoslash va unga bo‘layotgan bosim haqida fikr bildirdi:
"Har bir futbolchining o‘z yo‘li bor. Hozircha Yamalda men hech qanday "qizil signal" ko‘rmayapman. Uning hayotga va futbolga bo‘lgan munosabati aynan uni shunday o‘yinchiga aylantirgan, deb o‘ylayman. Bu xulq-atvor masalasi — uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Kimdir Neymar boshqa xislatga ega bo‘lganida, futbolda ko‘proq yutgan bo‘lardi, deyishi mumkin. Lekin agar u boshqacha bo‘lganida, biz maydondagi o‘sha shou ko‘rsatuvchi Neymarni ko‘rmasdik.
Shu kabi futbolchilarga bosim emas, erkinlik kerak. Ular futboldan zavq olishi shart. Ularning shodiyonasi faqat jamoadoshlarga emas, balki millionlab muxlislarga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Menimcha, bu erda mas’uliyat ko‘proq Yamalning atrofidagi odamlarda. U bor-yo‘g‘i 17 yoshda va xato qilishga haqqi bor. Asosiysi – bu xatolar og‘ir oqibatlarga olib kelmasin. Atrofidagilar esa uni to‘g‘ri yo‘lda ushlab turishlari kerak" - deya ta’rif berib o‘tdi polshalik posbon.
Fikrlar