
Sher Mamazulunovga yana noxaqlik qilindimi yoxud u professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi
O‘zbekiston yakkakurash olamining taniqli vakili kikboksing, K-1 bo‘yicha ajoyib natijalar sohibi Sher Mamazulunov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Xabar berib o‘tganimizdek, Mamazulunov Rossiyaning Hardcore FC promousheni bilan professional boks bo‘yicha 6 ta jangga shartnoma imzolagan edi.
U bu borada 2-jangini o‘tkazdi. Hamyurtimizga mezbonlar vakili Daniil Bridov raqiblik qiladi.
Birinchi og‘ir vazn (-90,8 kg) toifasida 4 raunddan iborat bo‘lgan bahsda yurtdoshimiz yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hakamlar ushbu qarama-qarshilik durang bilan yakunlanganligini qayd etishdi. Mazkur qaror rossiyalik boks muxlislari orasida ham muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Bunday adolatsizlik Sher Mamazulunovga nisbatan Fair Fight turnirida ham amalga oshirilgan edi. Yurtdoshimiz K-1 yo‘nalishida chempionlik kamari uchun yana bir rossiyalik Sergey Ponomaryovga qarshi jang qilgan va yaqqol g‘alabasini raqibga tortiq qilib yuborgandi. O‘shanda ham Rossiya sport olami vakillari va muxlislar tomonidan ushbu g‘aroyib qarorga norozilik bildirilgandi.
Yaxshisi bu galgi yurtdoshimiz Ishtirokidagi jangni o‘zingiz tomosha qiling va baho bering!
Fikrlar