Sherali Mamajonov uch yillik tanaffusdan so‘ng katta ringga qaytmoqda

  • 04.10.2019 16:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional bokschimiz Sherali Mamajonov 26 oktyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ma’lumki, ushbu charmqo‘lqop ustasi 2014 yilda professional boks bo‘yicha 76 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan edi. Hozirda AQShning Bruklin shahrida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz, uch yillik tanaffusdan so‘ng, yana katta ringga qaytmoqda. Hozircha uning raqibi ma’lum emas. Lekin tez orada aniq bo‘lishi kutilmoqda. Yurtdoshimiz Jorjiya shahrida tashkil etiladigan jang kechasida ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz: Sherali professional ringda 16 marotaba jang o‘tkazgan. Ularning 14 tasida g‘alaba qozonib, ikki bor mag‘lubiyatga uchragan edi. Raqiblarini 7 bora nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!