“Sherif” bosh murabbiyi Yaxshiboev “Real”ga gol urgan uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Real” ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi.
- Biz shunday uchrashuvlarda o‘ynash imkoniga ega bo‘lganimizdan baxtiyorman. Hissiyotlarimizning chegarasi yo‘q. Barcha yigitlarga bugungi qahramonliklari uchun rahmat aytaman. Bugungi uchrashuvda himoyalanishimizga to‘g‘ri kelishini bilardik. Buni uddaladik va qarshi hujumchilardan unumli foydalandik. Men jamoa va shogirdlarim bilan faxranaman.
To‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz va shunday davom etamiz. Pley-offga chiqish haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Hali bunga yarasha hech narsa qilmadik. Biz qadamba qadam oldinga intilyapmiz. Oldida yana to‘rtta muhim uchrashuv bor. Hal qiluvchi uchrashuvlar boshlansin, o‘shanda keyin bosqich haqida gaplashamiz, - dedi Yuriy Vernidub.
“D” guruhida “Shaxtyor” va “ “Real”ni mag‘lub etgan “Sherif” birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Tiraspolliklar 19 oktyabrga belgilangan uchinchi turda Milanda “Inter” mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar