Shevchenko: Gattuzo “Milan”ga avvalgi yuzini qaytardi

  • 7 mart, 2018, 15:48
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

“Milan” klubining sobiq hujumchisi, Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko milanliklarning bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Gattuzo “Milan”ga avvalgi yuzini va aslini qaytardi. U futbolchilarni doim kurashga tayyor turishini va agressiv bo‘lishini so‘ramoqda. U maydonda raqiblarga millimetr bo‘sh joyni bermaydigan futbolchi edi.

Jennaro hech narsadan qo‘rqmaydi, shuning uchun uning olib borayotgan ishidan hayron emasman. Unga berilgan imkoniyatdan foydalandi. Umid qilamanki, mavsum yakunida u “Milan”ni evrokuboklarga olib chiqadi”, – dedi Shevchenko.

Gattuzo va Shevchenko 1999–2006 yillar davomida “Milan” jamoasida birgalikda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!