
Shina ta’mirlovchidan UFC chempionligiga qadar
37 yoshli braziliyalik professional aralash yakkakurash ustasi, sobiq kikbokschi, o‘rta vaznda sobiq UFC chempioni va yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleks Pereyraning birinchi ishini shina almashtiruvchi usta edi.
Pereyra 1987 yil 7 iyulda Pataxo hindu ildizlariga borib taqaluvchi kambag‘al brazil oilasida tug‘ilgan. Favelalar deb ataladigan Braziliyaning xarobalarida yashash Aleksni tezda 12 yoshida maktabni tashlab, shinalar do‘konida ishlashga majbur qildi. U erdagi muhit ta’sirida Aleks tezda alkogolga o‘rganib qolgan. Keyinchalik esa giyohvandlikdan voz kechish uchun kikboksing bilan shug‘ullana boshlagan.
Shu tariqa Aleks Pereyra sport olamiga kirib keldi.
Fikrlar