Shoahmedov gol kiritgan o‘yinda "Terengganu" peshqadam bilan durang o‘ynadi

Hamyurtimiz Sanjar Shoahmedov faoliyat olib boradigan "Terengganu" klubi bu tur safarda chempionat peshqadami "Johor Darul Tazim" mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy  tarzda kechgan uchrashuvda jangovar durang natija qayd etildi - 3:3.

Mehmonlar safida kiritilgan dastlabki golga aynan hamyurtimiz mualliflik qildi. Shu tariqa, "Terengganu" hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Malayziya Superligasi. 22-tur

"Johor Darul Tazim" - "Terengganu" 3:3

Gollar: Velakses (31), Safavi (36), Kabrera (45) - Shoahmedov (24), Andreev (65), Tak (79).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!