Shodiyorjon Meliqo‘ziev jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilyapti.
-50 kg da ishtirok etayotgan vakilimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev yarim final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik Soushi Makinoga qarshi ringga ko‘tarildi. Biroq shiddatli va murosasiz kechgan bahsda bokschimiz ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Akmaljon Isroilov va Rikardo Fresneda (Ispaniya) qarama-qarshiligi kutmoqda.
Fikrlar