Shohasan Mirzamatov Buxoroda jang qiladi
Buxoro shahri 5 aprel kuni o‘ziga xos ajoyib jang kechasiga mezbonlik qiladi. Aniqroq qilib aytganda, Buxoro viloyati va shahrining sobiq hokimlari O‘ktam Isaevich Barnoev hamda Karim Jamolovich Kamolovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan to‘rtta yakkakurash turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi.
Mazkur jang kechasida MMA yo‘nalishida Shohasan Mirzamatov ham oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jangchimiz aslida, Qozog‘istonda jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, bu jangga borishni imkon bo‘lmagan edi.
Shuning uchun unda Buxoroda jang qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu hamyurtimizga 5 aprel kuni qirg‘izistonlik Rustam uulu Ruslan raqiblik qiladi. Shuningdek, bir qator hamyurtlarimiz ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
Mazkur jangda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!



Fikrlar