
Shohjahon Abdullaev jahon chempionatidagi ilk jangida Qirg‘iz Respublikasi vakilini mag‘lub etdi
Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionati davom etadi.
-86 kg vazn toifasidagi Shohjahon Abdullaev Qirg‘iz Respublikasidan kelgan Adilbek Uulu bilan bellashadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Shohjahon qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Shohjahon raundni yakkalik zarbalari bilan boshladi. Qirg‘iz Respublikasi vakili himoyada. Ammo u ham qarshi hujumda yakkalik zarbalari yo‘llay oldi. Shohjahon Abdullaev bir necha bor jeb zarbalarini o‘tkazdi. Vakilimiz qorin qismiga ikki bor kuchli zarba berdi. Biroq ko‘k formadagi Adilbek Uulu ham munosib qarshilik ko‘rsatishga urindi.
Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar 5:0 hisobida hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi.
Ikkinchi raund boshlandi.
Adilbek Uuluning aksariyat zarbalari havoga uchmoqda. Shohjahon esa bundan foydalanib, ikkilik zarbalari yo‘lladi. Vakilimiz aylanma zarbasini ham yo‘llamoqda. Raqib klinchga kirmoqda... Shohjahon yakkalik zarbasini qabul qilib oldi qorin qismiga. Vakilimiz biroz jarohat oldi. Shifokor unga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Shundan so‘ng Abdullaev ikki bor raqibning yuz qismiga aniq zarba berdi.
Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar 4:1 hisobida hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi.
Uchinchi raund boshlandi.
Shohjahon raqibni kutib olib, yakkalik zarbalari bermoqda. Endi Qirg‘iz Respublikasidan kelgan bokschiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Jang davom etadi. Ketma-ket zarbalar yo‘llanmoqda ikki bokschi tomonidan. Yana tibbiy yordam Adilbek Uuluga ko‘rsatildi. Hammasi joyida. Jeb zarbasini berdi vakilimiz.
Uchinchi raund yakunlandi. Hakamlar 5:0 hisobida hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi. Yakuniy hisob 5:0 Shohjahonning g‘alabasi.
Fikrlar