Shohjahon Ergashevning chempionlik jangi qachon bo‘ladi?
Xabaringiz bor, bugun Engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yurtimizga qaytib keldi. Sportchimiz Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik tomonidan kutib olindi.
Shohjahon Ergashevni qanday kutib olishdi? (Fotoreportaj)
Nokautchi bokschimiz OAV vakillariga intervyu berar ekan, o‘zining yangi rejalari va navbatdagi jangi haqida to‘xtalib o‘tdi:
-Men o‘tgan jangda bor kuchim bilan jang qilganim yo‘q, keyingi Amerikadagi jangdarimda o‘zbek o‘g‘lonlarining qanday kuchga ekanini barchaga ko‘rsatib qo‘yaman.
Soni Frederikssonga qarshi bahsdan so‘ng dunyo reytingida anchagina yuqorilayman va bu meni chempionlik jangimga yanada yaqinlashtiradi. Katta ehtimol bilan chempionlik jangim shu yilning aprel oyida bo‘ladi, -deydi Shohjahon.

Fikrlar