
Shomurodov Avstriyaga keldi!
A Seriyaning yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlagan “Jenoa” dastlabki xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Avstriyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
12 iyul kuni genuyalik futbolchilar Avstriyaning Noyshtift shahriga etib keldi. Yozgi tayyorgarlikning birinchi bosqichi 24 iyulga qadar shu erda davom etadi.
Bosh murabbiy Davide Ballardini bu yig‘inga Kevin Agudelo, Lorentso Andrenachchi, Mattia Bani, Mikele Beso, Flavio Byanki, Aleksandr Buksa, Andrea Kambyaso, Franchesko Kassata, Gabriel Sharpante, Luka Keriko, Jandrey Chitolina, Domeniko Krishito, Lenennart Chiborra, Andreemi Mattia Destroigrio, Lenennart Chiborra, Djavi Mattia Destroi , Filip Yagaylo, Yaya Kallon, Federiko Marketti, Andrea Masiello, Filippo Melegoni, Manolo Portanova, Ivan Radovanovich, Nikolo Rovella, Lorens Serpe, Eldor Shomurodov kabi asosiy tarkib o‘yinchilarini va yana yoshlar jamoasidan o‘zini ko‘rsatgan bir necha futbolchini jalb etgan.
“Jenoa” mashg‘ulotlardan tashqari Avstriyada “Shtubay” va “Vakker Insbruk” jamoalari bilan sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Fikrlar