Kuchli beshlik transferlarida Shomurodov nomi porlay boshladi!

  • 11 iyul, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha milliy chempionatlarning aksariyati kelasi mavsum tadorigini ko‘rayotgan yoz pallasida ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tiborini eng qizg‘in transfer xabarlari o‘ziga jalb etadi.

Tecno

Eurosport portali mutasaddilari futbol jamoatchiligi diqqat markazida turgan Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng muhim transfer xabarlarini jamlab chiqdi. Ular orasida Eldor Shomurodov nomi ham tilga olinmoqda.

ANGLIYa

Angliyada Evopa Chempionlar ligasi g‘olibi “Chelsi” kelasi mavsum oldidan tarkibiga Erling Xolandni qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagani haqida ko‘p yozilmoqda. Tomas Tuxel 20 yoshli to‘purar uchun Temmi Abraxam, Temue Bakayoko va Hakim Zieshdan voz kechishga tayyor. Transfermarkt portali Xolandning transfer narxini 110 million evroga baholagan bo‘lsa-da, londonliklar 200 million evrogacha xarajatga tayyor turishi kerak.

sport-preview-erling-haaland

ISPANIYa

“Barselona” tarkibni tozalashni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar yarim himoyachi Karles Alenyani “Xetafe”ga tranfer qilinganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi. Klub mutasaddilari transfer shartnomasini shunday tuzganki, u kelajakda “Barselona” foydasiga ishlaydi. Chunki, agar Alenya kelajakda kuchayib ketsa, kataloniyaliklarda uni ortga qaytarishi mumkin. Ular qayta transfer huquqini saqlab qoldi. Bundan tashqari, “Xetafe” Alenyani boshqa klubga sotsa, kataloniyaliklar transfer summasining yarmini oladi.

Ayni paytda ispan matbuotida asosiy mavzuga aylangan yana bir transfer “Barselona” va “Atletiko” rokirovkasidir. Unaga ko‘ra, “Barselona” frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanni “Atletiko”ga qaytarib, madridliklar safini tark etishni istayotgan yarim himoyachi Saul Nigesni olib kelmoqchi.

large (1)_7

ITALIYa

Calciomercato nashri Eldor Shomurodov borasida xabar tarqatdi. Ushbu nashr “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi klub rahbariyatiga murojaat qilib, o‘zbek hujumchisini Rimga ko‘chirib kelishni talab qilmoqda.

Sports.uz sayti bu haqida maqola yozib, legionerimizning agentlaridan biri German Tkachenko “Jenoa” rahbariyati kelasi mavsumda Shomurodovga katta ishonch bildirib, hali uni sotmasligini ta’kidlayotganini ma’lum qilgandi.

511945_original

GERMANIYa

Bundesligadagi e’tiborga molik transferlar mamlakat chempioni “Bavariya” bilan bog‘liq. Myunxenliklar nafaqat Germaniyada balki Evropada eng kuchli tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, yangi o‘yinchilarni olishda davom etmoqda.

Xususan, “Bavariya” Belgiya terma jamoasida porlay boshlagan 19 yoshli Jeremi Doku transferini so‘rab, u o‘ynayotgan “Renn”ga murojaat qildi. Tez orada bu transfer hal bo‘ladi va  myunxenliklar 22 million evro to‘laydi.

Shuningdek, “Bavariya” Italiya terma jamoasi hujumchisi Federiko Kezani o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Ular “Yuventus” bilan bu transferni Evropa chempionatidan so‘ng muhokama qilishga tayyorlayapti.

rueb4cfe441d1

FRANTsIYa

Frantsiyada hammaning diqqati PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qaratilgan. U klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda va ta’tilga chiqib ketgan. Amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng yorqin transfer “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bo‘lishi mumkin. 18 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted” va bir qator etakchi klublar  olmoqchi.

“Renn” rahbariyati esa unga o‘rinbosar sifatida “Midtyullann” yarim himoyachisi Yens-Lis Kayusteni olib kelish ishlarini boshlab yubordi.

07c605aad11eaa90d8e7669297926

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Portugaliyalik bosh murabbiy O‘runovga baho berdi!

Legionerlarimiz premer-liga sari yurishni boshlaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Evropaga sotishmoqchi!

Oston O‘runov Evropa jamoasi taklifini rad etdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
11/07/2021 19:54
Омад Элдоржон!!!