"Shomurodov bizga kerak emas" — Mish-mishlar inkor etildi

  • 08.11.2022 14:27
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Bolonya" sport direktori Jovanni Sartori Rossiyaning "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusida klubning "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Biz Shomurodovga qiziqish bildirganimiz yo‘q. Rahbariyat hozircha unga ehtiyoj sezmayapti", dedi Sartori.

Avvalroq, 27 yoshli Shomurodov qishki transfer oynasida "Bolonya" yoki "Torino"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

2022/23 yilgi mavsumda Shomurodov “Roma”ning barcha turnirlar doirasidagi 7 ta uchrashuvida qatnashib, jami 85 daqiqa maydonda harakat qildi va 1 gol urdi. "Transfermarkt" portali o‘zbekistonlik futbolchining narxini 8 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!