
Shomurodov gol urgan o‘yinda "Roma" ochko yo‘qotdi
A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Sampdoriya" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobida qayd etildi.
Dastlab, 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol urdi. Biroz o‘tib, Manolo Gabbyadini muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Ushbu natijadan so‘ng Mourino shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 32 taga etdi. Ayni damda ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. 17 ochkosi bor "Sampdoriya" 15-pog‘onani band etgan.
Fikrlar