Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

  • 15 fevral, 2022, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mashhur uefa.com sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida intervyu shaklida katta maqola e’lon qildi. O‘zbekiston muxlislar e’tiboriga ushbu materialning ikkinchi qismini havola etamiz.

Birinchi qism: 

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

- O‘zbekistonda qahramonga aylangansiz. Terma jamoa sardorisiz. Hali yosh bo‘lishingizga qaramay, bunday yuksak mavqeda ekaningiz sizga nimani anglatadi?

- Men uchun buning ahamiyati katta. So‘zlar bilan izohlash qiyin. Terma jamoa sardorligi va asosiy futbolchisi bo‘lish darajasiga bu qadar erta erishaman, deb o‘ylamagandim. Hozir bizda avlodlar almashinuvi ketyapti, yosh o‘yinchilar kelyapti va men yoshi kattaroq o‘yinchi sifatida ularga o‘rnak bo‘lishim kerak va bu men uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

IMG_20220127_233049_332

- Yurtingiz siz uchun qanchalar muhim? Uyda ko‘p bo‘lasizmi?

- Men vatanimda juda yaxshi ko‘raman. Men uchun yurtim ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham juda muhim. Terma jamoaga chaqirishganida kelaman. Ta’til vaqtida ham yurtimga boraman. Qolgan payt kelish uchun vaqt kamlik qiladi. O‘zbekistonni sog‘inaman. Ota-onamni ham.

- Siz Ilyos Zeytullaevdan keyin A Seriyada o‘ynagan ikkinchi o‘zbekistonliksiz. Bundan faxrlanasizmi?

- Albatta, faxrlanaman. Men uchun bu juda yoqimli. Lekin bizda bu darajada o‘ynay oladigan futibolchilar ko‘p. Va men ularning shu erda to‘p surishini juda istayman. Evropada o‘zbek futbolchilari ko‘proq o‘ynashi tarafdoriman. Bu erda futbol boshqacha, tezlik ham. O‘sish uchun imkoniyat keng. Evropada qancha ko‘p o‘yinchimiz bo‘lsa, terma jamoaga shuncha yaxshi.

- Italiyaga kelgunga qadar “Rostov”da o‘ynagansiz. O‘zbekistondan keyingi faoliyatingiz haqida gapirib bering.

Birinchi yil unchalik yaxshi kelmadi. Moslashish davri bo‘ldi. Ko‘nikishga harakat qildim. U erdagi futbol umuman boshqacha, ya’ni Evropanikiga yaqin edi. Bosh murabbiy Valeriy Karpin zo‘r qo‘llab-quvvatlardi, o‘zimga ishonchni uyg‘otdi va shunday keyin hammasi yaxshi o‘xshay boshladi.

- “Rostov”da o‘zingizni ko‘rsatdingiz va sizga “Jenoa” e’tibor qaratdi. Navbatdagi mamlakatga kelish qanday bo‘ldi?

- “Rostov”dagi oxirgi mavsumni yaxi darajada o‘tkazdim. Keyin yarim yil yomon o‘ynadim. Bunga o‘zi xos sabablar bor. Lekin baribir Evropada o‘ynash istagim bor edi. Oson bo‘lmadi. Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Lekin “Jenoa” menga ishondi va buning uchun klubga katta rahmat. Ular meni “Rostov”dan transfer qildi. Bu azaliy orzu – Evropada to‘p tepish uchun birinchi qadam bo‘lgani uchun Genuya klubiga o‘tishga rozi bo‘ldim.

Men uchun top-klubda emas, tarkibga kirishga kuchim etadigan jamoadan boshlash muhim edi. Birinchi yil og‘ir kechdi. Rossiya va O‘zbekistonda mentalitet o‘xshash, Evropada esa umuman boshqacha.

Shuning uchun ham dastlabki ikki-uch oyda oson bo‘lmadi va keyinchalik ko‘nikib ketdim. Hozir bu erning odamlari qanday o‘ylashini ham yaxshi tushunaman.

Eldor-Shomurodov1

Madaniyatlar nimasi bilan farq qilishini aytib bera olasizmi? Bu erda siz uchun nimalar yangilik bo‘ldi?

Rossiya va O‘zbekistonda hamma etti kun uzluksiz ishlaydi. Bu erda shanba va yakshanba kunlari hech narsa ishlamaydi, hamma dam oladi. Madaniyat va turmush tarzi tamomila boshqacha, til boshqa. Odamlarning dunyoqarashi farq qiladi.

                                                        Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
15/02/2022 18:14
7 кун ишлайди деганинг тўғри ука